Darvoza avtomatikasi: tabaqali yoki surma
Agar darvoza allaqachon bor boʻlsa, yuritma unga moslab tanlanadi. Qaysi darvozani qoʻyishni endi tanlayotgan boʻlsangiz — tabaqali va surma darvozalarning farqi.
Tabaqali darvozalar
Tabaqalar hovli ichiga yoki tashqariga ochiladi — darvoza oldida ular ochilishi uchun joy kerak. Yuritma tabaqalarga oʻrnatiladi va ularning ogʻirligi hamda eniga qarab tanlanadi.
Ikki tabaqa uchun yuritma komplekti oʻrnatish va 2 ta pult bilan — 12 mln soʻmdan. Comunello Abacus, CAME va boshqa yuritmalarni oʻrnatamiz.
Surma darvozalar
Polotno devor boʻylab suriladi — darvoza oldida joy kerak emas, lekin devor boʻylab darvoza surilib boradigan joy kerak. Yuritma darvozaning ogʻirligi va uzunligiga qarab tanlanadi. Narxni bepul oʻlchovdan keyin aytamiz.
Qaysi birini tanlash kerak
- Darvoza oldida joy kam boʻlsa — surma darvozani koʻrib chiqing.
- Devor boʻylab joy yoʻq boʻlsa — tabaqali.
- Aniq javobni bepul oʻlchovda beramiz.
Narxga nimalar kiradi
- Oʻrnatish narxga kiradi.
- Oʻrnatish va sozlash — 1 kun.
- 2 ta pult komplektda.
- Kafolat — 5 yilgacha.